Ру O`z En

“ZAKOVAT QUIZ” INTELLEKTUAL O‘YINIDA G‘OLIB JAMOA ANIQLANDI

Joriy yilning 4-noyabr kuni, korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan yana bir katta tadbir - “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bu galgi tadbir ham, “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan ischi-xodimlaridan shakllangan 29-ta jamoalari ishtirok etishdi.

O‘yin tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan savollar, biri-biridan qiziq va hayotni turli jabhalaridan tarkib topgan bo‘lib, jamoalar o‘z bilim va zukkoligini namoyish etishi uchun yana bir imkon bo‘ldi.

 G‘oliblik uchun jamoalar uzoq va murosasiz bellashdilar. O‘yin natijalariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkich bilan:

1-o‘rin “Mendeleyevchilar” jamoasi (Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi);

2-o‘rin “Fayz” jamoasi (Elektr ta’minoti sexi);

3-o‘rin Markazlashtirilgan buxgalteriya jamoasi;

4-o‘rin Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexi jamoasiga nasib etdi.

Shu kunning o‘zida, g‘olib va sovrindor jamoalar kasaba uyushma qo‘mitasi va yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech