Ру O`z En

QAHRAMON QUROLLI KUCHLARIMIZ FAXRIYLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

Joriy yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati, kasaba uyushmasi va jamoat tashkilotlari tomonidan Qurolli kuchlarimiz faxriylarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

   Marosim Sharqiy Harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tdi. Unda Sharqiy Harbiy okrug faxriylar Kengashi raisi Tojimurod G‘iyosov, Farg‘ona viloyat faxriylar Kengashi raisi Voxidjon Toshaliev, Mudofaa Vazirligi huzuridagi jamoatchilik Kengashi Farg‘ona mintaqaviy bo‘linmasi rais o‘rinbosari Jamoliddin Nasreddinovlar ishtirok etdilar.

  Bayramda Faxriylar Kengashi raisi Tojimurod G‘iyosov o‘zining tabrik so‘zi bilan so‘zga chiqdi. U o‘z tabrigida bayramning mardlik, vatanparvarlik, matonat va  Vatanga beminnat xizmat qilish timosoli ekanligini ta’kidlab, barchani bayram bilan tabrikladi.

   Shu o‘rinda, 15 nafar faxriylarga jamiyat tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi, Vatanimiz himoyasidagi sadoqatli mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, Farg‘ona Davlat universiteti 2 kurs talabasi Lazizbek Nurmatov o‘zining  fidoyi Vatan himoyachilariga atalgan  kuy-qo‘shiqlari bilan faxriylarni quvontirdi. Taqdirlash tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

  • “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati mehnatlarimizni yuksak e’zozlab, ko‘rsat e’tirofi uchun korxona rahbariyatiga o‘zim va Qurolli kuchlar faxriylari nomidan minnatdorchilik bildiraman. Shu o‘rinda, korxona jamoasini “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan qutlab qolaman, – deydi Faxriy Kengash raisi Tojimurod G‘iyosov.

“Farg‘onaazot” AJ matbuot  xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech