Ру O`z En

“ZAKOVAT QUIZ” INTELLEKTUAL O‘YINI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Xodimlar salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish uchun tashkil etilgan o‘yinda 1-o‘rin Elektr ta’minoti sexi jamoasiga, 2-o‘rin Ishlab chiqarish texnika boshqarmasi jamoasiga hamda 3-o‘rin Iste’mol sodasini ishlab chiqarish sexi jamoasiga nasib etdi.

Barcha sovrindorlar korxona kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, faol ishtiroki uchun 4-o‘rinni Ammiak-3 sexi jamoasi hamda 5-o‘rinni Markazlashtirilgan buxgalteriya jamoasi tanlab olinib, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech