Ру O`z En

DIQQAT E’LON!

Hurmatli jamiyatimizning go‘zal ayol va qizlari, Sizlar va faqat Sizlar uchun ajayib yangilik!

     Yaqinlashib kelayotgan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan korxona xotin-qizlarining bilim darajalarini yanada oshirish, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini, o‘rnini mustahkamlash va munosib rag‘batlantirish  maqsadida, jamiyatimizda  ayollar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

  Mazkur o‘yinda ishtirok etish uchun tarkibiy bo‘linmalaringizdan 6 nafar ayollardan tashkil topgan jamoa tuzib, unga nom qo‘yib, bu to‘g‘risidagi ma’lumotni boshqaruv raisi maslahatchisiga 2024-yil 4-martiga qadar kechikmay topshirishingiz hamda o‘yinga hozirlik ko‘rishingiz lozim bo‘ladi.   O‘yin, joriy yilning 5-mart sanasida o‘tkaziladi

 O‘yinda o‘rin egallagan va ko‘p ball to‘plagan jamoalarni korxona rahbariyatining pul mablag‘lari

        1-o‘rinni egallagan jamoa uchun – 5 000 000 (besh million) so‘m,

        2- o‘rinni egallagan jamoa uchun – 3 000 000 (uch million) so‘m,

        3- o‘rinni egallagan jamoa uchun – 2 000 000 (ikki million) so‘m.

hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shimcha qimmatbaho sovg‘alari kutmoqda.

O‘yinda ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiriting! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 67-40, (90) 303-17-71 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech