Ру O`z En

DIQQAT E’LON!!!

Hurmatli korxonamiz ishchi-xodimlari!

          O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan korxonamizda “Muqaddas vatan bayrog‘i” shiori ostida  esselar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

          Ushbu ko‘rik-tanlov orqali Siz, ona Vatanimizga va vatanimiz ramzlariga bo‘lgan yuksak mehr-muhabbatingizni namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Korxonamiz xodimlarini esselar tanlovida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.

         Yozgan esselaringizni boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi E.M. Abdullayeva hamda matbuot xizmati rahbari M.M. Tillyaxodjayevga topshirishingiz so‘raladi.

        Eslatma: Esselar ma’noli, bexato, vatanparvarlik ruhida va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi shart. Mazkur tadbirda ishtirokchilar yoshlari chegaralanmagan. Esselar joriy yilning 25-noyabrgacha qabul qilinadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech