Ру O`z En

E’LON!

       Hurmatli jamiyatimiz  ishchi-xodimlari, Respublikamiz bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak-yagona kuchmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan  Ma’naviyat marafoni “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilishiga  start berilganligini ma’lum qilamiz!

       Mazkur o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ma’naviyat marafoni 3 yo‘nalishda, ya’ni, “Yashil kelajak”, “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” hamda “Inson qadri” yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.

          “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” yo‘nalishi jamiyatimiz tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  Mazkur yo‘nalishda ishtirok etish istagidagi sexlar joriy yilning 29-noyabr kuniga qadar ro‘yxat berishlari so‘raladi.

 “Ma’naviyat” marafoni doirasida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” ko‘rik-tanlovida

  • o‘rin uchun 5 000 000 (besh million) so‘m,
  • o‘rin uchun 4 000 000 (to‘rt million) so‘m,
  • o‘rin uchun 3 000 000 (uch million) so‘m pul mukofotlari korxona ma’muriyati tomonidan ajratilgan.

   Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi (90) 303-17-71, 67-40 raqamlariga bog‘lanishingiz  so‘raladi.

 

 Aziz hamkasblar,  “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok eting va korxona g‘olibiga aylaning!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech