E’LON! BARCHA ISHCHI-XODIMLAR DIQQATGA!!!
Jamiyatimizda o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, kitobxonlikni rivojlantirish, mustaqilligimizning ramzi, ulkan ma’naviy qadriyat va milliy o‘zligimiz belgisi bo‘lmish o‘zbek tilini asrab-avaylash va uning jilosini mustahkamlash maqsadida joriy yilning oktabr oyida “Kitobxon xodim - 2024” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur tanlovda xodimning yoshi, jinsi, lavozimi hamda millatidan qat’iy nazar har bir xodim ishtirok etish huquqiga ega. Tanlov o‘zbek tilida o‘tkaziladi.
Kitobxon tanlovi g‘oliblariga korxona rahbariyati tomonidan
1-o‘rin uchun - 4 000 000 (to‘rt million) so‘m;
2-o‘rin uchun - 3 000 000 (uch million) so‘m;
3-o‘rin uchun - 2 000 000 (ikki million) so‘m pul mukofotlari va korxona Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan, munosib deb topilgan (ballari yuqori bo‘lgan) 3 nafar ishtirokchiga kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, mukofotlar sovrindoriga aylaning!
“Kitobxon xodim - 2024” ko‘rik-tanlovida ishtirok etish istagidagi xodimlar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (F.I.O, ishlash joyi, lavozimi, tabel raqami, sex, to‘liq yozib sex, boshqarma boshlig‘idan tasdiqlatgan holda) boshqaruv raisi maslahatchisi E.M. Abdullayevaga topshirishlari va tasdiqlangan kitoblarni o‘qib chiqishlari lozim bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 67-40, (90) 303-17-71 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.