Eʼlon
O'zbekiston Respublikasi "Raqobat to'g'risida"gi Qonuni (2023-yil 3-iyul, O'RQ-850-son)ning 15-moddasiga ko'ra 2023–yil 18–dekabrdan boshlab ammiakli selitrani ombordagi qoldiqlari uchun yangi ulgurji narxlar quyidagicha etib belgilansin:
– 2022–yil 31–dekabrgacha omborlarga ortilgan va qoldiq bo‘lib turgan jami 23 831 tonna uchun QQS bilan 2 570 000,00 so‘m;
–2023–yil 1–yanvardan 2023–yil 30–aprelgacha hamda 2023–yil 1–maydan 2023–yil 30–sentabrgacha bo‘lgan davrlarda omborlarga ortilgan va qoldiq bo‘lib turgan jami 10 235 tonna hamda 125 495 tonna uchun QQS bilan 2 770 000,00 so‘m.
- 2023–yil 18–dekabrdan boshlab ammiakli selitra uchun amaldagi narx pasaytirilsin va QQS bilan 2 950 000 so‘m etib belgilansin.