Ру O`z En

“Farg‘onaazot” AJ aksiyadorlari diqqatiga

EʼLON


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-242-sonli qaroriga hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘lgan “Farg‘onaazot” AJdagi 32670483 dona oddiy aksiyalari yaʼni 99,02 % 2023- yil 19-maydagi oldi-sotdi sharnomasi (Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida 2023-yil 2-noyabrda 312/883-son bilan ro‘yxatga olingan)ga asosan “Indorama Petchem” B.V kompaniyasi tomonidan sotib olinganligini maʼlum qilamiz.

“Indorama Petchem” B.V kompaniyasining 2023-yil 4-dekabrdagi FA/004/2023-sonli xabarnomasiga asosan “Farg‘onaazot” AJning imtiyozli aksiyadorlariga ularning aksiyalarini sotib olish bo‘yicha taklif.

“Farg‘onaazot” Aksiyadorlik jamiyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘lgan 99,02 foiz aksiyasini Rotterdam, Niderlandiya, Berspleyn, 37, 3011AA manzilida ro‘yxatdan o‘tgan “Indorama Petchem” B.V kompaniyasi tomonidan sotib olinganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 40-moddasida (keyingi o‘rinlarda “Qonun”), aksiyalarning 50 foizidan ortig‘i egasiga aylangan shaxsning belgilangan majburiyatini hisobga olgan holda quyidagilar maʼlum qilinadi:

-   Aksiyadorning o‘z aksiyalarini bozor qiymatida sotishga roziligini Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining yagona korporativ axborot portalida ushbu TAKLIF eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kalendar kundan kechiktirmay “Farg‘onaazot” Aksiyadorlik jamiyati joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona shahri, Sanoat ko‘chasi 222- uy, 150100 pochta indeksi yoki korporativ elektron pochta manzili info@azot.uz bo‘yicha pdf formatida xat mavzusini

«Aksiyalarni sotishga rozilik» deb nomlangan holda yozma ravishda yuborilishi kerak.

-  Aksiyadorning roziligida quyidagi maʼlumotlar: aksiyadorning to‘liq ismi (familiyasi) (firma nomi), yashash joyi (pochta manzili), STIR, JSHSHIR, bank rekvizitlari, aloqa maʼlumotlari, sotiladigan aksiyalar soni, shuningdek, ushbu TAKLIFda ko‘rsatilgan shartlarda aksiyalarni sotishga berilgan roziligi (qabul qilish) o‘z ichiga olishi kerak.

-      Rozilik qonun hujjatlarda belgilangan tartibda aksiyadorning shaxsan o‘zi yoki yuridik shaxsning vakolatli vakili tomonidan imzolanishi (agar mavjud bo‘lsa rahbarining imzosi muxr bilan tasdiqlangan yoki tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilingan holda imzolanishi kerak).

-    Har bir aksiyador o‘z vaqtida aksiyalarni sotish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlar (jumladan, investitsiya vositachisiga zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish), shuningdek har qanday komissiyalar, yig‘imlar va soliqlarni to‘lash, shu jumladan investitsiya vositachisi xizmatlari to‘lovlar uchun javobgardir.

-            Ushbu TAKLIFda belgilangan muddatlarda va tartibda rasmiylashtirilgan rozilikni olmaslik aksiyadorning aksiyalarni sotishdan bosh tortish hisoblanadi. Aksiyadorning ushbu TAKLIFga qo‘shimcha shartlar bo‘yicha roziligi aksiyadorning qarshi TAKLIFi hisoblanadi va “Indorama Petchem” B.V kompaniyasi tomonidan 30 kun davomida ko‘rib chiqiladi.

-   Agar Sizda ushbu TAKLIF bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa, Sizga qo‘shimcha maʼlumot yoki hujjatlar kerak bo‘lsa, iltimos kuyidagi telefon: (+998) 73 242 64 00 orqali yoki info@azot.uz elektron pochta orqali “Farg‘onaazot” AJ bilan bog‘laning.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech