Ру O`z En

Hurmatli hamkasblar!

Oktabr oyida korxonamizning ishchi-xodimlari o‘rtasida “Kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Tanlovda ishtirok etish uchun o‘qish tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz:

  1. "Alpomish" dostoni – O‘zbek xalq dostoni.
  2. “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi” – O‘tkir Hoshimov.
  3. "Kecha va kunduz" romani – Cho‘lpon.
  4. “Yulduzli tunlar" romani, “Uch ildiz” – Pirimqul Qodirov.
  5. "Jimjitlik" romani – Said Ahmad.
  6. "Xamsa" dostoni (nasriy bayoni) – Alisher Navoiy.
  7. Tohir Malik asarlari (romanlari).
  8. "Sohibqiron" dramasi – Abdulla Oripov.
  9. Abdulla Qahhor hikoyalari – ixtiyoriy 10 ta hikoya.
  10. Anton Chexov hikoyalari – ixtiyoriy 10 ta hikoya (masalan, “G‘ilof bandasi” – “Chelovek v futlyare” https://ziyouz.uz/jahon-nasri/anton-chexov/)

   11."Asrga tatigulik kun" – Chingiz Aytmatov.

  1. "Ulug‘imsan, Vatanim" – Muhammad Yusuf.
  2. “Besh bolali yigitcha” – Xudoyberdi To‘xtaboev.

  14.”Qora lola” – Aleksandr Dyuma.

  1. “Azizim”, “Qizil va qora” – Gi de Mopassan.

 Izoh: 1. Ayrim mualliflarning ikkitadan asari berilgan, shu asarlardan bittasini o‘qishingiz mumkin.

          2. Asarlarni qaysi tilda o‘qishingizning ahamiyati yo‘q, muhimi, to‘liq o‘qib chiqsangiz kifoya.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech