JAMIYATIMIZNING BARCHA AYOL VA QIZLARI DIQQATIGA!
Hurmatli jamiyatimiz xodimalari "Farg'onaazot" AJda "Eng faol innovator ayol" tanlovi bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
Tanlov kelasi yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, unga qadar ishtirok etish istagidagi xodimlar o'z loyihalarini mukammal tarzda, jamiyatga foyda keltirishi har tomonlama ko'rib chiqilgan, korxonaga tatbiq qilish uchun qulay va tejamkor tarzda (energiya tejamkorlik, mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan) tayyorlashlari lozim bo'ladi.
Shu o'rinda, tadbirga qatnashish xohishidagi xotin-qizlar o'zlari to'g'risidagi ma'lumotni (I.O.Fsi, ish joyi, tabel raqami, lavozimi, innovatsion g'oya, loyiha nomi) sex yoki boshqarma boshlig'iga tasdiqlatgan holda boshqaruv raisi maslahatchisi (E. Abdullayeva)ga yozma shaklda ro'yxat asosida berilishi so'raladi.
Eslatib o'tamiz, tanlovda
1-o'rin uchun - 5 000 000 (besh million),
2- o'rin uchun - 3 000 000 (uch million),
3-o'rin uchun-2 000 000 (ikki million) so'm mablag'lari korxona ma'muriyati tomonidan ajratilgan.
Qo'shimcha ma'lumot uchun 47-40, (90) 303-17-71 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin!