Suyultirilgan suvsiz ammiak
Suyultirilgan suvsiz ammiak, asosan karbamid, ammiak selitrasi va konsentratlantirilmagan azot kislotasini "Farg'onaazot" OAJ sexlarida hamda O'zbekiston Respublikasining mineral o'g'itlar ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
GOST 6221 - 90
________________________________________
Suyultirilgan suvsiz ammiak - rangsiz mobil suyuqlik.
Normal harorat va atmosfera bosimi ostida gazsimon holatida bo’ladi. Gazsimon ammiak yonuvchan gazlar toifasiga, suyuq ammaik esa sekin yonuvchan moddalar toifasiga kiradi.
Suyultirilgan suvsiz ammiak mineral o’gitlar ishlab chiqarish hamda qishloq xo’jaligida foydalanish uchun mo’ljallangan.
Suyultirilgan suvsiz ammiak qo’llanilish sohasiga qarab uch xil savdo belgisi ostida ishlab chiqariladi:
А – azot kislotasini ishlab chiqarish, azotlashtirish, sovutish suyuqligi (xladagent) sifatida, himoyalovchi atmosferalarini yaratish uchun qo’llaniladi;
Аk – eksport uchun;
B – o’gitlar uchun qayta ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligida azotli o’git sifatida qo’llash uchun.
№ | Ko’rsatkich nomi | Savdo belgi uchun norma |
||
А | Ак | Б | ||
1 | Ammiakning massa ulushi, %, dan kam emas | 99,9 | 99,6 | 99,6 |
2 | Azotning massa ulushi, %, dan kam emas | - | 82,0 | 82,0 |
3 | Suvning massa ulushi(bug’lanishdan keyingi qoldiq), % | - | 0,2-0,4 | 0,2-0,4 |
4 | Suvning massa ulushi(Fisher usuli) %, dan ko’p emas | 0,1 | - | - |
5 | Moyning massa konsentratsiyasi, mg/dm3, dan ko’p emas | 2 | 2 | 8 |
6 | Temir moddasining massa konsentratsiyasi , mg/dm3, dan ko’p emas | 1 | 1 | 2 |
7 | Umumiy xlorning massa ulushi , mg/dm3, dan ko’p emas | - | 0,5 | - |
8 | Uglerod oksidining massa ulushi, , mg/dm3, dan ko’p emas | - | 30±10 | - |