Etilatsetat
Etilatsetat texnik (sirka kislotasining etil efiri) — rangsiz, xushbo‘y va o‘ziga xos o'tkir hidga ega suyuqlik bo‘lib, etil spirtini sirka kislotasi bilan esterlashtirish yo‘li bilan olinadi.
Etilatsetat texnik sellyuloza nitratlari, asetilsellyuloza, yog‘lar, mumlarni erituvchi vosita sifatida, fleksografik bosma jarayonlarida, parfyumeriya kompozitsiyalari va meva ekstraktlarining tarkibiy qismi sifatida keng qo‘llaniladi.
Kimyoviy formula: CH₃COOC₂H₅
GOST: 8981-78
TIF TN kodi: 2915310000
Yillik quvvat: 1 000 tonn
Qo‘llanilishi:
•Kimyo sanoati
•Bo‘yoq va lak sanoati
•Oziq-ovqat sanoati
•Sanitariya
•Laboratoriya ishlari
Kimyo sanoati:
Sun’iy charm ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ishlatiladi. Ko‘pincha spirt bilan aralashmada qo‘llaniladi.
Bo‘yoq va lak sanoati:
Sellyuloza nitratlari, asetilsellyuloza, yog‘lar va mumlar erituvchisi sifatida ishlatiladi.
Oziq-ovqat sanoati:
E1504 raqami bilan oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida ro‘yxatga olingan. Meva ekstraktlarining tarkibiy qismi.
Sanitariya:
Hasharotlarni o‘ldirish uchun entomologik morilkalarida qo‘llaniladi. Xloroformga nisbatan afzalliklarga ega.
Laboratoriya ishlari:
Laboratoriyalarda ekstragent sifatida, shuningdek kolonkali va yupqa qatlamli xromatografiyada ishlatiladi.
Xavfsizlik talablari:
Oson yonuvchi suyuqlik, havoda portlovchi aralashmalar hosil qiladi, narkotik ta’sirga ega. Inson organizmiga ta’sir darajasi bo‘yicha 4-xavf sinfiga kiradi.
|
Ko‘rsatkich nomi |
Marka normasi |
||
|
A |
B |
||
|
Oliy sifat toifasi |
Birinchi sifat toifasi |
||
|
Tashqi ko‘rinishi |
Shaffof suyuqlik, mexanik aralashmalarsiz |
||
|
Rangi (Hazen birliklarida), ko‘pi bilan |
5 |
10 |
10 |
|
Zichligi 20°C da, g/ml |
0,898-0,900 |
0,897-0,900 |
0,890-0,900 |
|
Asosiy modda massaviy ulushi, % |
kamida 99 |
kamida 98 |
91 ±1 |
|
Kislotalar massaviy ulushi, sirka kislotasiga nisbatan, %, ko‘pi bilan |
0,004 |
0,008 |
0,010 |
|
Qayta uchar bo‘lmagan qoldiq massaviy ulushi, %, ko‘pi bilan |
0,001 |
0,003 |
0,007 |
|
101,3 kPa (760 mm simob ustuni) bosimda qaynash harorati chegaralari: 95% (hajm bo‘yicha) mahsulot quyidagi harorat oralig‘ida bug‘lanishi kerak, °C |
75-78 |
74-79 |
70-80 |
|
Suv massaviy ulushi, %, ko‘pi bilan |
0,1 |
0,2 |
1,0 |
|
Aldegidlar massaviy ulushi, sirka aldehidiga nisbatan, %, ko‘pi bilan |
0,05 |
Belgilanmagan |
- |
|
Nisbiy uchanlik (etil efirga nisbatan) |
2-3 |
2-3 |
2-3 |
Texnik etilatsetat 200 l sig‘imli po‘lat galvanizlangan barabanlarga (GOST 6247 yoki GOST 13950 bo‘yicha) yoki alyuminiy barabanlarga BA1-250 turi (GOST 21029 bo‘yicha) quyiladi.
Transport:
Etilatsetat temir yo‘l orqali yopiq vagonlarda kichik va vagonli partiyalarda, avtomobil transporti orqali esa mato qoplama ostida tashiladi.
Saqlash kafolati:
Etilatsetatning saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab olti oy.