Natriy gipoxlorit eritmasidan tayyorlangan suyuq vosita
Suyuq oqartiruvchi va dezinfeksiya qiluvchi vosita, natriy gipoxlorit eritmasi asosida tayyorlangan bo‘lib, oq paxta va zig‘ir matolardan yasalgan buyumlarni oqartirish va dog‘larni ketkazish, emallangan, chinni, fayans idishlarni, qoplama plitkalarni, plastik buyumlarni, unitazlarni, axlat chelaklarini yuvish va dezinfeksiya qilish, hamda sellyulozani sellyuloza-qog‘oz sanoatida oqartirish uchun mo‘ljallangan.
Xavfsizlik talablari: Vosita zaharli emas, qiyin yonuvchi. Tana organizmiga ta’sir darajasiga ko‘ra vosita xavflilikning ikkinchi sinfiga mansub.
|
№ |
Ko‘rsatkich nomi |
Norma |
|
1 |
Tashqi ko‘rinishi, rangi va hidi |
Xlor hidiga ega sariq–yashil rangli suyuqlik |
|
2 |
Faol xlorning massa konsentratsiyasi, g/dm³, quyidagi chegaralarda |
30 dan 50 gacha |
|
3 |
Ishqoriy komponentlarning NaOH ga qayta hisoblangan massa konsentratsiyasi, g/dm³, quyidagi chegaralarda |
10 dan 15 gacha |
Mahsulotni qadoqlash:
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq, vositani sig‘imi 60 dm³ dan 300 dm³ gacha bo‘lgan germetik tarzda berkitiladigan polietilen kanistrlar yoki bochkalar, hamda 0,5 dm³ dan 5 dm³ gacha bo‘lgan polimer butilkalarga qadoqlashga ruxsat etiladi. Vositaga mo‘ljallangan plastik tara mahkam yopilgan bo‘lishi va ag‘darilganda oqib chiqmasligi kerak.
Transportirovka:
Vosita barcha turdagi transportlarda, yuk tashish qoidalariga muvofiq, yopiq transport vositalarida tashiladi.
Kafolatli saqlash muddati — tayyorlangan kundan boshlab 6 oy.