“Farg‘onaazot” AJning tashkiliy-huquqiy tuzilmasi uch bosqichli boshqaruv tuzilmasi bo‘lib, uning boshida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi turadi.
Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi: Jamiyatning ijro etuvchi organida eng yuqori shaxs jamiyat boshqaruvi raisi hisoblanib, maqsad va vazifalari kuzatuv kengashi va aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining talablariga muvofiq belgilanadi.
Jamiyatni boshqaruvini korxona rahbaryati amalga oshiradi.
Boshqaruv tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Boshqaruv raisi;
- Boshqaruv raisining (ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha) birinchi o‘rinbosari;
- Boshqaruv raisining investitsiyalar va inovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari;
- Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari.
Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni ichki audit xizmati amalga oshiradi. Ichki audit xizmati Kuzatuv kengashiga bo‘ysunadi.
Boshqaruv raisining (ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha) birinchi o‘rinbosari xizmati quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqarish mahalliylashtirish ilmiy-texnikaviy rivojlantirish boshqarmasi, ishlab chiqarishni nazorat qilish va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya uchastkasi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va metrologiya boshqarmasi; axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (AKT), mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi, bosh mexanik bo‘limi, bosh energetik bo‘limi, ishlab chiqarish va texnologik sexlar.
Boshqaruv raisining investitsiyalar va inovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari xizmati quyidagilardan iborat: istiqbolli rivojlanish boshqarmasi, ilmiy-innovatsion markaz.
Boshqaruv raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari xizmati quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish xarajatlarni tahlil qilish, tannarxni qisqartirish va resurslarni tejash boshqarmasi, moliya va kontrakt majburyatlarni bajarilishini nazorat qilish bo‘limi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limi, ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan a’loqalar bo‘limi, xo‘jalik sexi, ishchilarni oziqlantirish sexi, “Dugoba” yosh mutaxassislar yotoqxonasi, davolash-sog‘lomlantirish sexi, “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish kompleksi, ma’muriy xo‘jalik bo‘limi.
Boshqaruv raisiga vertikal o‘rinbosarlaridan tashqari quyidagilar bo‘ysunadi: bosh buxgalter, aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi, savdo bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bilan ishlash bo‘limi, xaridlarni transformatsiya qilish boshqarmasi, yuklarni jo‘natish uchastkasi, logistika boshqarmasi, “Farg‘onaazot” AJning toshkent shaharidagi vakolatxonasi, matbuot xizmati, xodimlar bilan ishlash boshqarmasi, yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi, fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tartib-maxfiy boshqarmasi, komplaens nazorat xizmati, idoraviy-harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, referent va devonxona.
Korxonaning 01.05.2022 yil holatiga toifalar bo‘yicha xodimlar soni 6484 kishi:
T/r |
Xodimlar toifasi |
Ro‘yxatli raqami |
1. |
Boshqarma xodimlari |
224 |
2. |
Ishlab chiqarish xodimlari - rahbarlar |
509 |
3. |
Ishlab chiqarish xodimlari - ishchilar |
4111 |
4. |
Mutaxassislar |
808 |
5. |
Texnik xodimlar |
213 |
6. |
Xizmat soha xodimlari |
619 |
|
Korxona bo‘yicha jami |
6484 |