KORXONADA AVARIYA-QUTQARUV XIZMATLARINING O‘QUV AMALIY- TAKTIK MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi doirasida Korxonada favqulodda vaziyatlar, sanoat va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri, joriy yilning 27-mart kuni, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining II-sanoat maydonida o‘tkazildi.
Jamiyatning Sanoat xavfsizligi, Fuqaro muhofazasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda FVB OYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalarni bartaraf etish rejasi bo‘yicha, jamiyatning Karbamid ishlab chiqarish sexi 801/2 - binosida joylashgan V-103 ammiak sig‘imida ammiakni atrof muhitga sizib chiqishi bilan bog‘liq avariya sodir bo‘lgan. Ko‘rgazmaviy avariya natijasida jabrlangan ishchi-xodimlar korxonaning tezkor xizmatlari tomonidan, ya’ni Qutqaruv otryadi, Yong‘in qutqaruv qismi, Tibbiy xizmat va idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limlarini jalb qilgan holda zaharli modda tarqalgan hududni qurshab olinib, odamlarni zararlangan hududdan olib chiqish mavzusida o‘quv amaliy taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati