Ру O`z En

KORXONAMIZDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLAB YUBORILDI

Jamiyatimizda ishlab chiqarilayotgan xalq xo‘jaligida zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar, mahsulotlarga jahon va respublikamiz bo‘ylab kundan kunga talab ortib bormoqda. Mahsulotlarimizni xaridorgirligini oshishi xom ashyolarning sifati, ishlab chiqarish unumdorligi va albatta uskuna, qurilmalarni uzluksiz, benuqson bir maromda ishlashidir.   

     Korxonamiz sexlarining uskunalarini yangilash, ularni zamonaviy, energotejamkor qurilma, uskunalarga muntazam ravishda almashtirib borish yuqorida aytib o‘tilgan ishlarni samarali amalga oshirishga zamin yaratadi. Shunday ekan, joriy yilning boshidanoq korxonamizning asosiy va yordamchi sexlari Ammiak-3, Ammiakli Selitra, Azot kislotasi, Karbamid, Soda ishlab chiqarish, Elektr ta’minoti, Bug‘-qozon, Suv-bug‘ taminoti va sanoat oqava sexlarida mukammal ta’mirlash ishlari boshlanib ketdi. Xozirda korxonaning barcha mas’ul sexlar xodimlari, bosh mutaxassislar boshqarma va bo‘limlari hamda rahbariyati ushbu ishlarni yuqori saviyada olib borish, nazoratga olish uchun jalb qilinganlar.

   Korxonamizning yuragi hisoblangan  Ammiak-3 sexida ishlar ayni qizg‘in pallada. Xamma xodimlar o‘ziga yuklatilgan ishlar bilan mashg‘ul.  

    Olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari sexlardagi agregatlarni qaytadan quvvatlantirish yoki boshqacha qilib aytganda, belgilangan vazifalarni bajarish, birinchi navbatda barqaror ishlashini ta’minlash, ikkinchidan quvvatini yanada oshirish va energiyatejamkorligini oshirishiga xizmat qiladi. Bu albatta, jamiyatning ishlab chiqarishni bir xil ishlashi, qo‘yilayotgan rejalarni samarali bajarish hamda jihozlarni normativga muvofiq ishlashini ta’minlab beradi. Korxona sexlariga o‘rnatilayotgan jihozlar, ehtiyot qismlari, uskunalar nafaqat MDX mamlakatlarida, balki Yaponiya, Fransiya davlatlarining ilg‘or texnologiyalarni qo‘llaydigan korxonalarida ham ishlab chiqarilgan.

  • Mukammal ta’mirlash ishlari xozirda asosan to‘rtta sexda, Ammiak-3, AS-72M, AK-72M va Karbamid ishlab chiqarish sexlarida ketyapti. Mazkur sexlarda korxonamizning ta’mirlovchi-chilangarlaridan tashqari boshqa turdosh korxonalarda faoliyat yurituvchi tajribali ta’mirlovchi-chilangarlar xodimlari ham ta’minlash ishlariga yordamga kelgan. Korxonamizda olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlariga befarq bo‘lmay, belgilangan muddatlarda o‘z ishchilarini yuborgan “Maksam-Chirchiq”, “Olmaliq Maksam”, “Navoiyazot” korxonalari rahbariyatiga jamiyatimiz nomidan alohida minnatdorchilik bildiraman – deydi Ilmiy texnikaviy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Mirzamatov.

   Mukammal ta’mirlash ishlari rejaga muvofiq joriy 2022 yilning yanvar oyi oxirida yakuniga yetadi.

   

 

   Farg‘onaazot AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech