JAMIYATIMIZDA “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
Bugun, 13-dekabr kuni korxonamizning majlislar zalida Xavfli ishlab-chiqarish obyektlarida sanoat va yong‘in xavfsizligi borasida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatimiz tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari, ishchi-xodimlar, shuningdek, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda yil so‘nggida o‘tkazib kelinadigan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” to‘g‘risida, is gazidan zaharlanishlar sabablari, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shu o‘rinda, korxonamizda yong‘in, kabi nohush holatlarning sodir bo‘lmasligini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi doirasida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlarini hamda avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida amaliy-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini” tashkil etishda faol ishtirok etganligi uchun “Farg‘onaazot” AJ Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Fazliddin Axledinovich Sotibaldiyev faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.
Seminar yakunida barcha korxonamizning ishchi-xodimlariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga beparvo bo‘lmaslik hamda xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilinishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati