Ру O`z En

UMUMXALQ XAYRIYA HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDAMIZ

       Joriy yilning 21 avgust kuni mamlakatimizda umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi bilan 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib ham belgilangan. “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatida Mustaqilligimizning 30 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

    “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu tashabbus doirasida korxona ishchi xodimlari nafaqat korxona hududi balki korxonaga tutash hududlar obodligiga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

-        Biz jihozlarni markazlashtirilgan tarzda ta'mirlash sexi xodimlari bugungi xayriya xasharida ishtirok etmoqdamiz. Sex atroflarini tozalanib, yer maydonlarimiz obodonlashtirildi. Xozirda Mustaqilligimizning 30 yillik munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan xasharda seximiz faollaridan 80 nafar ko‘ngilli xodimlarimiz ishtirok etmoqdalar – deydi JMT sexi  hisob yuritish bo‘yicha texnigi Shoxsanam Mamayorova. 

Shuningdek xasharda korxonamiz yoshlari ham faol ishtirok etdilar.

-        Korxonamiz yosh ishchi xodimlari Respublikamiz bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan xayriya xasharida faol ishtirok etmoqdalar. Korxonamizning har bir yerini ozoda saqlashimiz bizning maqsadimiz va vazifamizdir. Korxonamizni obodonlashtirishga o‘z xissamizni qo‘shayotganmizdan xursandmiz – deydi boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nurmurod Sirojov.

    Xayriya xashari munosabati bilan korxona ishchi xodimlari tomonidan ko‘chalar supurildi, daraxtlar oqlandi, jamiyatimizning sex va bo‘limlariga kirish yo‘llari, shuningdek Sanoat ko‘chasi mustaqilligimiz nishonasi bo‘lmish bayroqlar bilan bezatildi.

“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech