Ру O`z En

“BIZ JINOYATCHILIKKA QARSHIMIZ!” MAVZUSIDA SEMINAR TASHKILLANDI

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va yoshlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Biz jinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida joriy yilning 8-sentabr kuni korxonaning majlislar zalida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 
         Tadbirda korxona rahbariyati, sex va bo‘lim boshliqlari, korxonaning faol yoshlari hamda Farg‘ona viloyati Din ishlari qo‘mitasi  bosh mutaxassisi Ilhom Mirzaaxmedov,  Farg‘ona shahar “Toyyiba” masjidi   imom noibi Lazizbek Suyarkulov,  Farg‘ona viloyat IIB xodimi Nodirbek Yuldashev ishtirok etishdi.

Seminarni kirish so‘zi bilan “Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov ochib berdi. Boshqaruv raisi o‘z nutqida ushbu tadbirda qatnashayotgan har bir ishchi o‘z mehnat jamoasida, yashash joyida, oila a’zolari orasida jinoyatchilikni oldini olishga oid suhbatlar olib borsa maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.  

— Korxona faqatgina ish joyi  bo‘lib qolmasdan, korxona yoshlarini tarbiyasi yo‘lida mas’uliyatli tashkilot hamdir,— deb yakunladi o‘z so‘zini boshqaruv raisi Dilshod Mannonov.

So‘ngra so‘z Farg‘ona viloyati Din ishlari qo‘mitasi  bosh mutaxassisi Ilhom Mirzaaxmedovga berildi. Notiq terrorizm va din niqobidagi ekstremizm - allaqachon, milliy, etnik, diniy va hududiy xususiyatini yo‘qotib, xalqaro muammoga aylanganlini ta’kidlab o‘tdi.

Seminar dasturiga muvofiq Farg‘ona shahar “Toyiba” masjidi Imom noibi Lazizbek Suyarkulov o‘z ma’ruzasida odob – axloq to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shu bilan birga Farg‘ona viloyati IIB vakili Nodirbek Yuldashev kiber jinoyatlar turlari to‘g‘risida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi, xususan onlayn qimor o‘yinlar, yolg‘on axborotlar tarqatish, kiberterrorizm, Fishing, Internet firibgarlik, shaxsga doir kiberjinoyatlar to‘g‘risida aytib o‘tdi. Kiberjinoyatlar qurboniga aylanmaslik uchun qanday choralar ko‘rish xususida tushunchalar berdi.

Tadbir ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida tinglangan ma’ruzalar va namoyish etilgan video roliklar barcha yig‘ilish qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Qatnashchilar barcha qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.  



“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech