Ру O`z En

"FARG'ONAAZOT" AKTSIYADORLIK JAMIYATI MATBUOT XIZMATI RAHBARI FARG'ONA SHAHAR XOKIMLIGINING FAXRIY YORLIG'I BILAN TAQDIRLANDI

Farg'ona shahridagi "Afrosiyob" tantanalar saroyida viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar hamda jamoat tashkilotlari vakillari uchun 27 - iyun "matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram kechasida Farg'ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirish ishiga qo'shgan munosib hissasi, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligi, samarali xizmatlari va o'z vazifasiga sidqidildan yondashuvi uchun hamda 27 iyun - matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Blogerlar viloyat hokimining faxriy yorlig'i, tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Bayramda, jamiyatda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitusiyaviy huquqlarini ta'minlash, dunyo va mamlakat ichida sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy axborot etkazish borasidagi xizmatlari uchun "Farg'onaazot" AJ matbuot xizmati rahbari Mannonxon Tillyaxodjaev Farg'ona shahar xokimligining faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

Bayram tadbirida elimiz ardog'idagi san'atkorlar axborot vositalari xodimlariga o'zlarining kuy-qo'shiqlarini bilan muborakbod etdilar. Bayramda yangragan kuy-qo'shiqlar, o'yin-kulgular to'kin dasturxon atrofida to'plangan OAV xodimlari yodida uzoq vaqt qoladigan bo'ldi.

 

"Farg'onaazot" aktsiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech