Ру O`z En

KORXONA YOSHLARI BILAN PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI

Joriy yilning 20-iyul kuni bo‘lib o‘tgan seminar “Insonning o‘ziga ishonchini oshirish va jamoa bilan ishlashning yangi shakllarini o‘rgatish usullari” mavzusiga bag‘ishlandi.  

Seminarni korxona psixologi Nazira Ergasheva olib bordi, ushbu seminarni o‘tkazishda unga trenerlar Jamshidbek O‘rinboyev hamda Humoyun Afzalovlar yordam berishdi.

Tadbir davomida xodimlar guruhlarga bo‘linib psixologik treninglar va o‘yinlar o‘tkazdilar, shuningdek mazkur mavzuga bag‘ishlangan videoroliklar tomosha qilishdi. Tajribali trenerlarning ma’ruzalari yoshlarni seminarda faol ishtirok etishga motivatsiya berdi.

Seminar ochiq va samimiy muhitda o‘tkazilib, unda barcha ishtirokchilar muloqot mahoratlarini yaxshilashga, o‘zlarining emotsional his-tuyg‘ulari, holatlari va qobiliyatlarini tahlil qilish orqali ko‘nikmalarini shakllantirishga, yanada o‘z ustida ishlashga yordam beradigan bilimlarga ega bo‘ldilar.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

 

 

 

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech