Ру O`z En

“STRESS VA SALBIY EMOTSIYALARNI BOSHQARISH” MAVZUSIDA KORXONA XODIMLARI UCHUN PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI

Ma’lumki, noyabr oyining birinchi haftasida Xalqaro stressni boshqarish assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Stressga qarshi kun sifatida nishonlanadi.

Jumladan bizning korxonamizda ham muntazam ravishda jadval bo‘yicha ishchi-xodimlar o‘rtasida salbiy emotsional buzilishlarni oldini olish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday seminar-treninglardan biri, joriy yilning 8 - noyabr kuni korxonaning Aloqa sexida tashkil etildi.

Trening korxona psixologi Ergasheva Nargiza va amaliyotchi psixolog Sharipova Shukrona tomonidan o‘tkazildi.

Trening boshlanishidan oldin, tajribali psixologlar stressning insonning emotsional va jismoniy holatidagi roli, surunkali stress bilan kurashish zarurati haqida gapirib berishdi, bunday psixologik holatlar ishda, oilada salbiy oqibatlarga olib kelishi, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy charchoq oqibatida, sog‘liqqa zarar yetkizishi to‘g‘risida alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Trening davomida trening qatnashchilari stressni kelib chiqishining sabablari bilan batafsil tanishtirib o‘tildi, stress holatlaridan chiqish usullari amaliy mashqlar orqali ko‘rsatib berildi, shuningdek, ushbu usullarni kundalik hayotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Psixologik trening maqsadlariga erishildi: korxona xodimlari stress bilan kurashish usullari haqida xabardor qilindi, bu esa kelajakda ularning sog‘lig‘i va farovonligini saqlab qolishga, shuningdek, ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

                     

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech