Ру O`z En

KORXONADA HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA SEMINARLAR O‘TKAZILMOQDA

Bizning korxonada xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda. Korxona rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu dastur doirasida va tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, korxonaning tarkibiy bo‘linmalarda muntazam ravishda o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi – mehnat intizomi va ichki mehnat tartibi qoidalarini buzish bilan bog‘liq salbiy hodisalarning oldini olish, shuningdek, korrupsion xavflarni oldini olishdir. Profilaktika choralari o‘tkazilayotgan tadbirlarning asosi hisoblanadi, chunki muammoni oldini olish har doim uning oqibatlari bilan kurashishdan yaxshiroqdir.

Seminarlar har haftaning chorshanba va payshanba kunlari o‘tkazilib, ularda dolzarb mavzular yoritib boriladi.

Seminar ishtirokchilari mehnat intizomi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, korrupsiyaga qarshi kurash, Axloq-odob kodeksi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni faollashtirish, shuningdek, yoshlar va ayollar bilan ishlash masalalarini o‘rganishadi.

Shuningdek, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqiladi. Soha mutaxassislari tomonidan o‘qib-eshittirilgan ma’ruzalarda, huquqiy savodxonlikning dolzarb masalalariga, jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchalari va korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari haqida tushuntirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Joriy yilning 26-27-fevral kunlari navbatdagi seminarlar Ishlab chiqarishni nazorat qilish va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasida hamda Xaridlar va zaxiralarni boshqarish bo‘limida o‘tkazildi. Tadbirlar komplayens-nazorati xizmatining mutaxassislari va korxona jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan olib borildi, bu esa muhokama qilinayotgan masalalarga obyektiv va har tomonlama yondashuvni ta’minladi.

Bunday tadbirlar xodimlarning ishga mas’uliyat bilan yondashish va ularning huquqiy bilimi darajasini oshirishga yordam beradi, bu esa korxonamizning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim rol o‘ynaydi.

 

“Farg‘onaazot” matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech