“STRESS HOLATLARINI OLDINI OLISH” BO‘YICHA PSIXOPROFLAKTIK SEMINAR-TRENING
Mazkur mavzu bo‘yicha joriy yilning 28-iyun kuni Yoshlar oyligi doirasida jamiyat yoshlari ishtirokida seminar trening o‘tkazildi. Seminarning asl maqsadi xodimlardagi ruhiy zo‘riqish, stress va depressiya holatlarini oldini olish, ularning oqibatlaridan xalos bo‘lish usullarini qo‘llay olishni o‘z ichiga olgan.
Treningga korxona psixologi Nargizaxon Ergasheva, Farg‘ona davlat universitetining psixologiya yo‘nalishining bilimli talabalari Shukronaxon Sharipova, O‘g‘iloy Nosirjonova, Mo‘minaxon Umarxodjayevalar taklif etilishdi. Psixologlar har bir xodim psixologik savoli, murojaati bo‘yicha suhbatlashib, hayotga real va ijobiy qarashlarini oshirishda, o‘zini anglashda, nizoli holatlar va hayotiy inqirozlarga yechim topishlarida emotsional ko‘maklashib, kerakli tavsiyalar berishdi. Yoshlar orasida stress holatlarini oldini olish, ularning psixologik holatlarini o‘rganish va kelib chiqqan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berib o‘tdilar.
Treningda xodimlar o‘rtasida ijobiy munosabatlarni paydo qiluvchi mashqlar o‘tkazildi, bu esa har bir xodimda yoqimli tasavvurlar hosil bo‘lishiga turtki bo‘ldi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati