Ру O`z En

KORXONANING XO‘JALIK SEXIDA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Korxonaning xo‘jalik sexi xodimlari uchun psixologiya fanlari doktori Nargizaxon Ergasheva hamda Ijtimoiy bo‘limi mutaxassisi Umidaxon Axundjanova hamkorligida “Ekstremal vaziyatlarda psixologik barqarorlikning ijtimoiy-psixologik omillari” mavzusida navbatdagi amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-trening davomida ishtirokchilarga psixofiziologik muvozanatni saqlash, tana va ong uyg‘unligi, nafas olish va tana harakati  mashqlari, salbiy emotsiyalarning inson ruhiyatiga ta’siri va ularni boshqarish mexanizmlari, sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish kabi masalalar yuzasidan batafsil ilmiy-amaliy tushunchalar berildi.

Trening dasturidan, shuningdek, psixologiyada “vaziyat” tushunchasi, ekstremal vaziyatlarning texnogen, tabiiy, ijtimoiy va psixologik turlari, stressga javoban yuzaga keladigan emotsional va xulqiy reaksiyalar, iroda resurslari, stressni yengish strategiyalari  muhim o‘rin egalladi.

Interaktiv mashqlar orqali xodimlar o‘zaro samimiy muloqotga kirishib, jamoada ishonchli va ijobiy psixologik muhitni yanada mustahkamlashdi. “Kulgi va ijobiy munosabatlar” mashqi quvonch va pozitiv energiyani tarqatishga xizmat qilgan bo‘lsa, “Baxtli uzatma” mashqi orqali ishtirokchilar bir-birlariga iliq so‘z va ezgu tilaklar bildirib, ruhiy jihatdan yengillik va ko‘tarinkilikni his etdilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech