Ру O`z En

VOLEYBOL BO’YICHA XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN SPORT MUSOBAQASI NATIJALARI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Farg‘ona shahrida joylashgan “Samo” sport arenasida joriy yilning 13 sentabr kuni sportning voleybol turi bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi boshqarma, tashkilot va idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  

Joriy yilda voleybol musobaqasida “Farg‘onaazot” AJ, Farg‘ona viloyati moliya bosh boshqarmasi, “Aloqa bank” ATB Farg‘ona filiali, Farg‘ona Davlat Universiteti, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Kadastr agentligi boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Maktabgacha ta’lim boshqarmasi o‘z xodimlaridan tarkib topgan komandalari bilan ishtirok etdilar.

Turnir boshlanishidan avval saralash bahsida ishtirok etuvchi jamoalarni aniqlash uchun qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Saralash turnirida “Farg‘onaazot” AJ jamoasi ATB “Aloqa bank” jamoasi bilan o‘ynadi va voleybolchilarimiz raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etishdi. Keyingi bosqichda raqibimiz Farg‘ona davlat universiteti jamoasi bo‘ldi. Jamoamizga munosib raqiblar navbatma-navbat ustunlik bilan to‘p surishdi, biroq uchinchi set yakunida omad FDU jamoasiga kulib boqdi va ular bir necha ochkolar farqi bilan voleybolchilarimizdan g‘alabani tortib olishdi. Turnirning final bosqichida voleybolchilarimiz Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi jamoasi bilan uchinchi o‘rin uchun kurashishdi. Murosasiz kechgan o‘yinda bizning jamoamiz ishonchli tarzda raqiblarni mag‘lub etishdi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasi yakunlariga ko‘ra, o‘yinlar tashkilotchilari Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan final bosqichi g‘oliblarini diplom va pul mukofoti bilan taqdirladi.

“Farg‘onaazot” AJ jamoasi uchinchi darajali diplom va bir million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.


 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech