Ру O`z En

“Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida Navro‘z tantalariga bag‘ishlangan sayil tashkil etildi

Sayl doirasida el suygan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi, sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari, dor va milliy o‘yinlar musobaqalari, xalq amaliy san’ati – folklor namunalari, bir-biridan mazali milliy taomlar tanlovlari o‘tkazildi.

 "Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu ajoyib bayramga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. 21 mart 2022 yilda Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyining ochiq sahnasida hamda “Kimyogar” yoshlar madaniyat bog‘ida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayram shodiyonasida korxonamizning sex va bo‘limlari ishtirokida o‘zlarining bir-biridan go‘zal bo‘lgan dekoratsiyalar, sahnalar, ko‘rgazmalari va milliy taomlari bilan ishtirok etdilar. Milliy liboslar, o‘yin-kulgilar, milliy qo‘shiqlar, laparlar va raqslar barchada katta taassurot qoldirdi.   Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov hamda Shahar hokimi Vosiljon Nazarov bayramga tashrif buyurib, korxonamiz tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirishdi, Shuningdek "Farg‘onaazot"  jamoasini Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etdishdi. Korxonamiz sexlari tomonidan tashkil etilgan bayramona dasturxon hamda chiqishlarni viloyat va shahar rahbari yuqori baholadi.

         Bolalar ham e’tibordan qolgani yo‘q. Qolaversa 23 nafar kam ta’minlangan oila bolalari uchun korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan sunnat to‘yi o‘tkazilib berildi va turli xil sovg‘alar ulashildi.

         “Navro‘z bayrami” tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Mehmonlar bayram dasturini tashkil etgan korxona rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech