Granullangan ammiakli selitra
Granullalangan ammiakli selitra – qishloq xo’jalik ekinlarining barcha turlari uchun ishlatiladigan ommaviy o'g'it hisoblanadi. Shuningdek bog'da o’sadigan va sun’iy (bezakli) o'simliklar uchun qo’llanilishi mumkin.
Yuqori darajada konsentratlangan azot o’g’iti bahor ekinlari, makkajo'xori, kungaboqar va boshqalar uchun asosiy o'g'it sifatida qishki don hosilining erta bahorgi oziqlantirishda samarali qo’llaniladi. Fosfor va kaliyning birgalikda qo’llanilishi yaxshi samara beradi. Qishloq xo’jaligida azot o’g’iti sifatida qo’llanilib, yaqin va uzoq mamlakatlarga eksport qilinadi.
GOST 2-85 Е №3 o’zg. bilan
Ammiakli selitra NH4NO3 – sanoatning ko’plab sohalarida azot o'g'iti sifatida foydalaniladi.
№ | Ko’rsatkich nomi | B savdo belgisi uchun norma |
||
Oliy nav | I nav | II nav | ||
1 | Nitrat va ammoniy azotning NH4NO3 quruq moddasida qayta hisoblashdagi umumiy massa ulushi, %, dan kam emas | No'rmalanmaydi |
||
Quruq moddadagi azot, %, dan kam emas | 34,4 | 34,4 | 34,0 | |
2 | Suvning massa ulushi, %, dan ko’p emas: nitrat kalsiy va magniy qo’shimchalari bilan | 0,3 | 0,3 | 0,3 |
3 | pH 10% li suvli eritma, dan kam emas | 5,0 | 5,0 | 5,0 |
4 | 10% HNO3 eritmasida erimaydigan moddalarning massa ulushi, %, dan ko’p emas | No'rmalanmaydi |
||
5 | Granulometrik tarkib: | |||
5.1 | 1 mm dan 3 mm gacha bo’lgan o’lchamdagi granulalarning massa ulushi, %, dan kam emas | No'rmalanmaydi |
||
5.2 | 1 mm dan 4 mm gaсha bo’lgan o’lchamdagi granulalarning massa ulushi, %, dan kam emas | 95 | 95 | 95 |
Shu jumladan: | ||||
5.3 | 2 mm dan 4 mm gacha bo’lgan o’lchamdagi granulalarning massa ulushi, %, dan kam emas | 80 | 50 | No'rmalanmaydi |
5.4 | 1mm dan kam bo’lgan granulalarning massa ulushi, %, dan ko’p emas | 3 | 3 | 4 |
5.5 | 6 mm dan ko’p bo’lgan granulalarning massa ulushi, % | 0,0 | 0,0 | 0,0 |
6 | Granulalarning statik quvvati, N/granula (kg/granula) dan kam emas | 7(0,7) | 5(0,5) | |
nitrat kalsiy va magniy qo’shimchalari bilan | 5(0,5) | |||
7 | Sochiluvchanlik, %, dan kam emas | 100 | 100 | 100 |
Ammiakli selitra polipropilen qoplariga qadoqlanadi. Selitrani qadoqlanmagan holatida ham mineral tashuvchi yoki hopperlarda tashish mumkin. Qoplardagi selitrani tashish yopiq temir yo’l vagonlarida va avtoulovlarda tashiladi.
Kafolatlangan saqlash muddati – ishlab chiqarilgan kundan olti oy.